MYu qiziqayotgan 21 yoshli frantsuz kim?
"Renn" klubi chap qanot himoyachisi Fetu Mauassa faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, "qizil iblislar" 21 yoshli frantsuzni yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Mankunianliklarga esa bu borada "Nyukasl" raqobat ko‘rsatishi mumkin. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 8 mln evroga baholanmoqda.
Fetu Mauassa joriy mavsum “Renn” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar