MЮ "Real" yetakchisini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
"Manchester Yunayted" Madridning "Real" klubi futbolchisi Jud Bellingemni oʻz safiga qoʻshib olishga urinmoqda. Bu "El Nacional" nashri maʼlum qildi.
Manba maʼlumotiga koʻra, "qizil iblislar" yozgi transfer oynasida havbekni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Ingliz klubi 22 yoshli futbolchi uchun 150 million evrodan voz kechishga tayyor.
Judning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 140 million evroni tashkil etadi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
Maʼlumot uchun, Bellingem 2023 yildan beri "qirollik klubi" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida yarim himoyachi 128 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz nomiga 44 ta gol va 32 ta golli uzatma yozdirib qoʻyishga erishgan.
Fikrlar