MYu “Real” yulduzini kutmoqda

  • 18.02.2021 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Pol  Pogba o‘rnini bosa oladigan zo‘r futbolchi topdi.

Manchesterliklar ayni paytda “Real” tarkibida porlayotgan Federiko Valverde jamoaga katta foyda keltirishiga ishonmoqda. 22 yoshli urugvaylik futbolchi “Manchester Yunayted”da Brunu Fernandesh bilan birga maydon markazida to‘liq hukmronlik o‘rnatishi kutilyapti.

Zinedin Zidan katta ishonch bildirayotgan Federiko Valverdening shartnomasida uning transferi 148 million funtga baholangan. Biroq, pandemiya sharoitida bu narx pasaytiriladi. Bundan tashqari, Zidan Pogbani o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Shuning uchun tomonlar bu ishni rokirovka orqali ham hal qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!