
MYu so‘nggi daqiqalarda gol kiritib g‘alabani ilib ketdi
Angliya Premer-ligasi 16-turida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Vulverxempton"ni qabul qildi.
O‘yin ikki tomonning hujumlari ostida kechdi. Biroq uchrashuvning asosiy daqiqalarida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Markus Reshfordning raqib jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib darvozadan joy oldi.
Shu tariqa, MYu ochkolari sonini 30 taga etkazib, ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi. "Vulverxemton" esa 21 ochko bilan 12 o‘rinda qoldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar