“MYu” tufayli “Everton” hujumchisi 1 yil futbol o‘ynamaydi
“Everton” jamoasi yarim himoyachisi Yannik Bolase “MYu”ga qarshi (1:1) APL 14-turida olgan jarohati tufayli 1 yil maydonga tusha olmaydi.
“Bolase”ning tiklanishi uchun 11-12 zarur bo‘ladi. Biz afsusdamiz, lekin uning safga qaytishini bilamiz”, – dedi “iriskalar” ustozi Ronald Kuman.

Avvalroq Bolasega jarrohlik amaliyoti zarur ekani haqida xabar berilgandi. U operatsiya qilinadimi, yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Joriy mavsumda mahoratli futbolchi Angliya chempionatining 14 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.



Fikrlar