MYu va "Atletiko" yozda katta almashtirishga qo‘l urishlari mumkin

  • 10 mart, 2021, 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" rahbariyati David de Xea o‘rniga "Atletiko" posboni Yan Oblakni olib kelmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Aniqrog‘i, “qizil iblislar” 30 yoshli ispaniyalik darvozabonni “Atletiko”ga berib, evaziga 28 yoshli sloveniyalik posbonni olmoqchi. Ushbu rokirovkani ular yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq amalga oshirishmoqchi. Agar de Xea “matraschilar” safiga ko‘chib o‘tsa, uning ayni damda olayotgan 23 million evrolik maoshi kamayadi.

De Xea joriy mavsum MYu safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 37 ta gol o‘tkazib yubordi. “Atletiko” safida 32 ta o‘yinda ishtirok etgan Oblak esa 26 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!