MYu va "Chelsi" bitta futbolchini talashmoqda

  • 20.12.2025 16:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" va "Chelsi" "Bornmut" futbolchisi Tayler Adamsni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda. Bu haqda "Caught Offise" nashri xabar bermoqda.

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, "Bornmut" Adams transferidan 30-40 million evro ishlab olishni maqsad qilgan. 26 yoshli futbolchining qishki transfer oynasida yangi klubga o‘tish ehtimoli kamroq. Katta ehtimol bilan futbolchining ketishi yozda amalga oshishi mumkin.

Taylerning hozirda "Trasnfermarkt" portalidagi narxi 25 million evroga baholanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, xavbek joriy mavsum "giloslar" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!