
MYuning asosiy darvozaboni 6 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea yaqin bir oyni Ispaniyada o‘tkazadi. Bu haqda Mail Online Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispaniyalik posbon homilador ayolining yonida bo‘lish uchun MYu rahbariyatidan bir oylik ta’til so‘ragan. U yaqin 6 ta o‘yinda jamoaga yordam berolmaydi. Uning o‘rniga “qizil iblislar” darvozasini Din Xenderson qo‘riqlaydi.
De Xea joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 37 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar