MYuning ikki futbolchisi "Vest Xem"ga o‘tishi mumkin

  • 26 iyul, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xarri Maguayr va Skott Maktominey "Manchester Yunayted"dan "Vest Xem"ga o‘tishi mumkin. "Bolg‘achilar" rahbariyati har ikki futbolchining transferi yuzasidan "qizil iblislar" rahbariyati bilan bog‘lanishgan, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Manbaga ko‘ra, ayni damda klublar kelishuvdan yiroq, chunki "Manchester Yunayted" ushbu ikki futbolchi uchun so‘rayotgan summasi "Vest Xem" taklif qilishi mumkin bo‘lgan summadan sezilarli darajada yuqori.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Maguayr 20 mln evro, Maktominey esa 25 mln evro turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!