MYUning sobiq futbolchisi "Manchester Siti"ni chempion qila oladigan uch kishini aytdi
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy himoyachisi, hozirda esa futbol eksperti bo‘lgan Gari Nevill joriy mavsumda "Manchester Siti"ni Angliya Premier-ligasi chempioniga aylantirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini ochiqaladi.
"Shaharliklar" safida Gvardiola, Xoland va Donnarumma bor. Aynan shu uchlik jamoani APL chempionligiga olib kelishi mumkin", — deya Nevillning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
O‘tgan hafta oxirida "Siti" safarda amaldagi chempion — "Liverpul"ga qarshi maydonga tushdi. Xosep Gvardiola shogirdlari irodaviy o‘yin namoyish etib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ayni paytda APL turnir jadvalida "Manchester Siti" ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam bo‘lib turgan Londonning "Arsenal" jamoasidan 6 ochko orqada qolmoqda.
Fikrlar