
Na Xoland, na Nunes kiritilgan. “Whoscored” APLning 1-turi ramziy terma jamoasini taqdim edi (foto)
“Whoscored” nashri Angliya Premer ligasining 2022/2023 yilgi mavsum 1-turi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
“Fulxem” hujumchisi Aleksandr Mitrovich barcha futbolchilar orasida eng yuqori reytingga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Premer liganing birinchi turning eng yaxshi 11 nafar futbolchisi qatoriga yozda Londonning “Arsenal” klubiga o‘tgan ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko ham kirgan. Uning hisobida bitta golli uzatma bor.
Ramziy terma jamoa bilan tanishing:
Darvozabon: Eduard Mendi;
Himoyachilar: Ben Uayt, Fabian Sher, Lloyd Kelli, Aleksandr Zinchenko;
Yarim himoyachilar: Emerson, Joelinton, Kulushevski, Xarrison;
Hujumchilar: Mitrovich, Uelbek.
Fikrlar