Nadalni yutgan Shvartsman o‘ta noxush an’anaga chek qo‘ydi

  • 20 sentabr, 2020, 12:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Argentinalik tennischi Diego Shvartsman Rimdagi turnirda Rafael Nadal ustidan g‘alaba qozondi.

Shu tariqa 28 yoshli raketka ustasi o‘z faoliyati mobaynida ilk bor Nadalni mag‘lubiyatga uchratdi. Bungacha o‘tgan 9 ta bellashuvning barchasi ispaniyalik sportchi foydasiga hal bo‘lgandi.

Shuningdek, Shvartsman reytingda kuchli beshlikda turuvchi tennischini ham ilk bor mag‘lub etdi. Bungacha o‘tgan 22 uchrashuv Diego raqiblari foydasiga hal bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!