Nainggolan yangi mavsumni Rossiyada o‘tkazishi mumkin

  • 25.07.2019 22:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachichisi Raja Nainggolan faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

FcInterNews nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchining xizmatlariga “Inter”dan jiddiy qiziqishlar mavjud. Piterliklar uni ijaraga olishmoqchi va uning 4,5 mln evrolik maoshini to‘lashga tayyor. Bu esa “neradzurrilar”ga ma’qul kelmoqda.

Aytish kerakki, Nainggolanning o‘zi sobiq jamoasi hisoblangan “Kalyari”ga o‘tmoqchi. Biroq, ushbu jamoa unga 1,5 million evro to‘lashga tayyor. Bu holatda futbolchi maoshining qolgan qismini “Inter” to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!