
“Naiza 51” turnirida 4 nafar o‘zbekistonlik jangchi oktagonga ko‘tariladi
26 may kuni Qozog‘istonning Almati shahrida ajoyib jang kechasi bo‘lib o‘tadi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, “Naiza 51” turniri tashkil etiladi. Mazkur MMA oqshomida 4 nafar o‘zbekistonlik jangchilar oktagonga ko‘tariladi.
Ular bilan tanishing:
Sanjar Zokirov (O‘zbekiston 5-0) - Bolat Zamanbekov (Qozog‘iston, 4-1);
Nodirbek Axatjonov (O‘zbekiston, 4-2) –? (Qozog‘istonlik Asan Sultonov jang qilishi kerak edi,jarohat olganligi sababli jang qila olmaydi. Tez Orada Axatjonovning yangi raqibi ma’lum bo‘ladi.)
Sherzod Shamsiddinov (O‘zbekiston, 2-0) - Extesham Ansari (Hindiston, 4-1);
Sanjar Hakimov (O‘zbekiston, 3-0) –Eduardo Kastro (Braziliya, 1-0):
Mazkur muhim janglarda yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz!
Fikrlar