Namangandagi "Yosh kuch" stadioni akademiyalar o‘rtasidagi chempionatni qabul qilishga shay holatga keltirilmoqda

  • 15.04.2019 15:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bugun hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati 2-turiga start berildi. Ertaga Namangandagi "Yosh kuch" stadionida Namangan bolalar-o‘smirlar akademiyasi tarbiyalanuvchilari Jizzax akademiyasiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur o‘yinni qabul qilish uchun "Yosh kuch" stadioni shay holatga keltirilmoqda. Mazkur o‘yingoh akademiya balansiga o‘tganidan keyin bu erda katta hajmdagi qayta ta’mirlash ishlari olib borildi. Hozirda stadion maysasi ajoyib holatga kelgan.

49f47772aef8cd470094c0d26ee7e61d572707f3 

Jamoalar va muxlislar uchun barcha qulayliklar yaratildi. Ertaga bu stadionga tashrif buyuradigan muxlislar shiddatli to‘qnashuv guvohi bo‘lishlari kutilmoqda.

b340c97cbbd5eb676b884a2cebc08f923f38dfff 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!