"Napoli" 32 yoshli Kalexon bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Napoli" klubi rahbariyati jamoaning ispaniyalik vingeri Xose Kalexon bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar 32 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Aytish lozimki, Kalexon bilan shartnoma uzaytirilishini shaxsan jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchellotti so‘ramoqda.
Ma’lumot uchun, Kalexon “Napoli” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 9ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar