"Napoli" hujumchisi "Marsel"ga o‘tishga yaqin turibdi
“Marsel” hali ham “Napoli” forvardi Arkadiush Milikni sotib olish fikridan qaytmayapti.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsuz grandi 26 yoshli polshalik futbolchining transferi uchun neapolliklarga 10 million evro va unga qo‘shimcha yana 5 mln evro bonus taklif qilmoqda. Futbolchining o‘zi ham “Marsel”ga o‘tish istagini bildirmoqda va bu ushbu transferning amalga oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Polsha terma jamoasi murabbiylari esa Milik agar davralar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmasa, “Evro-2020”ga bora olmasligini ma’lum qilishgan.
Fikrlar