"Napoli" Italiya kubogining chorak finaliga qiyinchilik bilan chiqdi (video)
Italiya kubogining 1/8 finalida “Napoli” o‘z maydonida “Empoli”ni qabul qildi.
Gollarga boy kechgan uchrashuv 3:2 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. “Napoli”ning gollariga Jovanni Di Lorentso (18'), Irving Losano (38') va Andrea Petanya (77') mualliflik qildi. “Empoli”ning har ikkala golini ham Nedir Beyremi (33', 68') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar