"Napoli" o‘z futbolchisini "Tottenxem"ga taklif qildi

"Tottenxem" Xarri Keyn jarohat olganidan so‘ng forvard qidirishni davom ettirmoqda.

Sky Sports nashriga ko‘ra, "Napoli" o‘zining hujumchisi Fernando Lorenteni "shporlar"ga taklif qildi. Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik "Tottenxem"da 2017-yildan 2019-yilgacha to‘p surgan.

Shunga qaramasdan ushbu kelishuvni amalga oshish extimoli juda kam. Londonliklar Lorente nomzodiga qiziqish bildirishmayapti.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Lorente "Tottenxem"da 66 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol kiritishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!