"Napoli" "Real"ning 3 nafar futbolchisiga qiziqib qoldi
"Napoli" klubi "Real" Madridning 3 nafar futbolchisiga qiziqib qoldi. Bu haqda Il Matino nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra neapolliklar yozda himoyachi Marselo va yarim himoyachilar Isko hamda Kazemirolarni sotib olishga urunib ko‘rishadi. “Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi mavsum A Seriya chempionligi uchun kurashadigan tarkibni shakllantirmoqchi.
Ammo, yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilarni qo‘lga kiritish ularga oson bo‘lmasligi aniq. Chunki, Zinedin Zidan yana “Real”ga qaytgach ushbu futbolchilarni tarkibda olib qolmoqchi.



Fikrlar