"Napoli" tez orada etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 14.03.2019 22:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning "Napoli" klubi rahbariyati tez orada jamoa yarim himoyachisi Petr Zelinski bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 24 yoshli polshalik futbolchi yangi kelishuvni imzolasa, uning yillik maoshi 3 mln evroga etkaziladi.

Ma’lumot uchun, Zelinski joriy mavsum “Napoli” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!