“Napoli”ning qarori "qariya yulduz"ni xursand qildi

  • 14.06.2020 23:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiya chempionligi uchun kurashishni maqsad qilgan “Napoli” ispaniyalik  vinger Xose Kalexon bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo‘ldi.

Tomonlar ayni paytda amaldagi shartnomani yana ikki yilga uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. 33 yoshli futbolchining amaldagi bitimi joriy mavsum so‘nggida yakunlanadi.

Kalexonga “Valensiya” og‘iz solmoqda. “Napoli” tarkibida  2013 yildan buyon to‘p surayotgan futbolchi joriy mavsumda 23 ta o‘yinda ikkita gol urdi va oltita golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!