"Nasaf" futbolchisi: "Hozir ketish haqida o‘ylaganim yo‘q"

  • 2 fevral, 2023, 17:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf”da doim bir-biridan qolishmaydigan, ajoyib futbolchilar etishib chiqadi. Shuning uchun har safar ushbu klub o‘yinchilariga talab kuchli bo‘ladi. Sir emaski, bugungi kunda ham “Nasaf” tarbiyalanuvchilariga e’tibor kuchli.

Tecno

Ayniqsa, o‘tgan mavsumni barqaror va bir tekisda o‘tkazgan himoyachi Xusniddin Aliqulov yana e’tibor markazida, desak yangilishmagan bo‘lamiz. “Mavsum-2022”ni ham juda ishonch bilan o‘tkazdi va kelajagi porloq ekanini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi.

alikulov_1

“O‘tgan yil biz uchun yomon o‘tmadi, - deya ortda qolgan chempionatni esga oldi, Aliqulov - qaytanga, ancha yaxshi desak bo‘ladi. O‘zbekiston Kubogini yutdik, chempionatda bronza medalni qo‘lga kiritdik. Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdik. Chempionlikni qo‘ldan boy bergan bo‘lsak-da, mavsum yomon kechmadi, qoniqdim. Ha, biz chempionlik uchun kurashayotgandik. Hammasi o‘z qo‘limizda edi. Lekin bu sport. Kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Men hech narsani o‘ylaganim yo‘q. Biz har bir uchrashuv uchun borimizni beramiz. “Paxtakor”ga nasib qilgan ekan, chempionlikni ular qo‘lga kiritdi.

Yodingizdami, bundan tashqari Aliqulov mavsumning ham eng yaxshi futbolchilari qatorida nomi e’tirof etilgandi. Bu esa chindan ham “Nasaf” o‘yinchisining mehnatiga yarasha eng yaxshilar qatorida nomi tilga olinganini ko‘rsatadi. Ammo eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida Jamshid Iskanderov g‘olib chiqqandi. Aliqulov esa o‘shanda tadbirga kelmagandi ham.

alikulov2

“Avvalambor, Jamshid Iskanderovni yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgani bilan tabriklayman. O‘shanda marosimga kelmaganim sababi akamni to‘yi edi. Shu bois bora olmaganman”, - deya qisqacha izoh berib o‘tdi, Xusniddin.

Aliqulovga endi talab ortib boryapti. Undagi iste’dod nafaqat o‘zimizdagi, balki xorij klublarini ham diqqatini o‘ziga jalb qilyapti. Masalan, Gretsiyaning AEK va yana boshqa jamoalar unga ko‘z tikishayotgani xususida ma’lumotlar yo‘q emas. Xusniddinning rejasi qanday? AEK va boshqa qiziqishlar to‘g‘risida futbolchi quyidagilarni aytdi:

alikulov3

“Hozir ketish haqida o‘ylaganim yo‘q. Bor e’tiborimni mashg‘ulotlarga qaratganman. Oldimizda jiddiy o‘yinlar juda ko‘p.

Ha, rost. Menga ham ushbu klub qiziqayotgani haqida aytishgandi. Ammo hozircha hech gap yo‘q”, - deydi Xusniddin Aliqulov.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!