"Nasaf" Germaniya jamoasiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Bugun Antaliyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida “Nasaf” Germaniyaning "Svikkau" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Ushbu bellashuvda bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiev asosan bosh jamoaga nomzod boʻlgan yosh futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdi. Oʻyin yakunida qarshiliklar raqibga 1:6 hisobida magʻlub boʻldi.
Gollarga S. Sezer (20, 43, 79), V. Dobruna (45), R. Riesen (63), J. Dittrich (65) va D. Usmonov (54)lar mualliflik qildi.
“Nasaf” tarkibi:
Aslbek Numonov, Quvonch Hushvaqtov, Akramjon Komilov, Diyor Abdunazarov, Zafar Saʼdullaev, Javohir Ubaydullaev, Mashhurbek Abdisoliev, Yashnar Berdirahmonov, Behroʻz Haydarov, Darvon Usmonov, Asadbek Ramilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Bahodir Xalilov.
Fikrlar