
"Nasaf" Qarshidagi so‘nggi nazorat uchrashuvida durang o‘ynadi
Bugun "Nasaf" Qarshidagi tayyorgarlik doirasida so‘nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Raqib G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasi bo‘ldi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 62-daqiqasida Bahodir Halilov hisobni ochdi. 70-daqiqada Shahboz Nuriddinov jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi. 79-daqiqada Sardorbek Bahromov “ajdarlarni” hisobda oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada jarima zarbasini Islom Kenjaboev golga aylantirdi - 2:2. Uchrashuv shu hisobda o‘z yakuniga etdi.
Fikrlar