"Nasaf" Turkiyada 8 ta nazorat o‘yini o‘tkazadi, raqiblar orasida legionerimiz harakat qilayotgan klub ham bor (foto)

  • 19 yanvar, 2023, 18:29
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Qarshida boshlagan “Nasaf” 27 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketadi va bu tayyorgarlik 15 fevralgacha davom etadi.

OChLga tayyorlanayotgan qarshiliklar Antaliyada 8 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi. Antaliyadagi raqiblar “Dechich” (Chernogoriya), “Polissya” (Ukarina), “Bruk-Bet Termalika“ (Polsha), “Lviv” (Ukraina), “Dila” (Gruziya), “Kedah Darul Aman” (Malayziya), “Minay” (Ukraina), “Ordabasi” (Qozog‘iston) jamoalari bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston klubi tarkibida legionerlarimiz Odil Abdumajidov hamda Shahboz Umarov harakat qiladi.

"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati

photo_2023-01-19_17-30-40

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javli Ruzimuradov
19/01/2023 18:44
2023 йилда Насафга омад тилаймиз