"Nasaf" va "Paxtakor" o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi qaerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

2021 yilgi mavsum mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” hamda vitse-chempioni “Nasaf” o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi bilan start oladi. 6 mart kuni bo‘lib o‘tadigan mazkur uchrashuvga Samarqand shahri mezbonlik qiladi. O‘zPFL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra,  "shahargacha etib borish sharoiti har ikki klub muxlislari uchun nisbatan teng ekani" inobatga olindi. Reglamentdan kelib chiqib, mazkur bellashuvda “Paxtakor” futbol klubi rasmiy mezbon hisoblanadi.

IMG_20210219_165227_998

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superkubogi hozirga qadar 5 marta o‘tkazilgan va "Lokomotiv" jamoasi amaldagi Superkubok sohibi va eng ko‘p g‘olib bo‘lgan (2 marta) jamoa sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!