"Nasaf" yana bir legioner bilan kelishuvga erishdi. Tez orada transfer e’lon qilinadi

  • 28.07.2022 21:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Nasaf" klubi transferlar mavsumidan faol tarzda foydalanmoqda.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, qarshiliklar o‘z safini yana bir legioner bilan boyitmoqda. "Ajdarlar" serbiyalik Alen Mashovich bilan kelishuvga erishdi.

27 yoshli yarim himoyachi klub rahbariyatiga ma’qul kelgan. Tez orada ushbu transfer e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!