"Nasaf" yangi mavsum uchun rasmiylarni ro‘yxatdan o‘tkazdi (foto)
"Nasaf" klubi "MyLeague" platformasi orqali bir qator rasmiylarni yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, 2023 yilgi Superliga va O‘zbekiston kubogi bellashuvlarida quyidagi insonlar "ajdarlar" rasmiylari hisoblanadi:
Alisher Yusupov (Bosh direktor), Ro‘ziqul Berdiev (bosh murabbiy), Sergey Kucherenko (sport direktori), Botir Qoraev (texnik direktor), Qobiljon Shodmonov (litsenziyalash menejeri), Sardor Nurov (matbuot kotibi).
Shuningdek, Ilnur Sibagatullin (jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy), Asliddin Hasanov (darvozabonlar murabbiyi), Hamza Mavlonov (massajchi), Andrey Bezborodov (massajchi), Alisher Turdiqulov (katta ma’mur), Faxriddin Yo‘ldoshev (xavfsizlik bo‘yicha ofitser), Anvar To‘qaev (operator) 2023 yilgi mavsumda "Nasaf" rasmiy shaxslari sifatida faoliyat olib boradi.

O‘zPFL matbuot xizmati
Fikrlar