“Nasaf”da kayfiyat yo‘q, “Paxtakor”da esa…

  • 24 avgust, 2023, 12:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz sayti jurnalisti – Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram sahifasida bugun bo‘lib o‘tadigan “Nasaf” – “Paxtakor” qarama-qarshiligidagi jamoalarning imkoniyati borasida fikr bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, ko‘pchilik taxmin qilayotgandek “sherlar” superkubogning favorit emas:

Tecno

“Cuperkubog bahsi oldidan murabbiylar o‘z fikrini bildirib o‘tdi. "O‘zbekcha futbol"da aytgan so‘zlarimni Ro‘ziqul Berdiev ham takrorladi. Finalda favorit jamoa yo‘q!

Haqiqatdan ham shunday. To‘g‘ri "Nasaf"da hozir biroz kayfiyat yo‘q, ammo jamoa bundan ham og‘ir vaziyatlardan chiqib ketganini ko‘p ko‘rganmiz. "Paxtakor" to‘liq Cheranga bog‘lanib qolgani haqida ko‘p takrorladim.

"Neftchi" bir yilni o‘zida ikki marotaba "sherlar"ni engib, sxemada zaif nuqtalar etarli ekanligini ko‘rsatdi. Qisqasi, ikki jamoa ham bir xil xolatda maydonga chiqadi. O‘yindan oldin haqiqatdan ham imkoniyat 50/50. Bu qaysidir jamoani xafa qilmaslikka intilish emas. Vaziyatga real baho berish kerak.

"Nasaf" va "Paxtakor" so‘nggi yillardagi o‘zbek futbolining "flagman"lariga aylangan. Bu  vaziyat qanchalar murakkab bo‘lmasin, darajani tushib ketmasligini ta’minlaydi.”

Eslatib o‘tamiz, bahs bugun soat 19:30 da “Sug‘diyona” jamoasining (Jizzax) uy stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinni Sport telekanli jonli efirda olib beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
24/08/2023 17:35
Тошкентда утказса боларди. Стадионда курардик
Шоим Зарипов
24/08/2023 17:16
Спорт журналистлари онлайн укиган хафа булманг кубокни эмас узини исмини ёзишда хато килади.
&
Махмуд1966
24/08/2023 16:06
Макола ёзишдан аввал кубок сузини тугри ёзишни урганинг
&
Uzbek ligion
24/08/2023 14:06
Yahshi maqola