"Nasaf"dan barcha legionerlar ketadi?

  • 2 yanvar, 2017, 21:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda o‘zbek futbolida ham keldi-ketdilar boshlangan. Ayni kunlarda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari xalqaro musobaqalarda ishtirok etuvchi klublarimiz haqida yaxshi xabarlar kutishmoqda. 

Tecno

Shu o‘rinda, Qarshining "Nasaf" jamoasining ham yangi mavsumga tayyorgarligi barchaga qiziq. Ko‘plab OAVlarda "Nasaf"ning barcha legionerlari klubni tark etgani haqida xabarlar o‘qimoqdamiz. Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Biz bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida legionerlar va klub matbuot xizmati bilan bog‘landik.

Dragan Cheran.

Ushbu futbolchiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lana olmadik, ammo ijtimoiy tarmoq orqali bog‘langanimizda Cheran: 

Hozir Moskvadagi aeroportdaman, topingchi qaerga ketayapman?

deya hazilomus javob berdi.

Suhbatimiz davomida ma’lum bo‘ldiki, futbolchi (xabarni yozayotgan vaqtimizda) "Nasaf" bilan yangi shartnoma tuzish maqsadida Qarshiga kelayotgan ekan. Demak, Cheran Nasafdan ketmaydi!

 

Igor Golban.

Rossiyalik himoyachining ham ajdarlar bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Yaqinda olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, "Ajdarlar" Golbanni ham hech qaerga qo‘yib yubormaydi.

Ognen Krasich.

"Nasaf"dagi o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozona olgan Krasichning jamoada qolish yoki ketish masalasi ayni paytda 50/50. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, "Nasaf" ayni paytda yana bir evropalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Agar klub yangi legioner bilan kelishuvga erishsa, legionerlar limiti tufayli, Krasich bilan xayrlashishi mumkin. Aks xolda futbolchi jamoada qoladi!

Voqealar rivojini Sports.uzda kuzating!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!