
"Nasaf"ning bugungi o‘yinini qaerda tomosha qilish mumkin?
"Nasaf" jamoasi bugun Osiyo chempionlar ligasi doirasida Saudiya Arabistonining "Ash-Shabab" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan ushbu hal qiluvchi bahs Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi. Uchrashuvni "UzReport TV" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Ma’lumot o‘rnida, "ajdarlar" OChLda "E" guruhida 9 ochko bilan 2-o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar