
"Nasaf"ning navbatdagi qaldirg‘ochlari uchirma bo‘ldi
Bugun 2009 yildan buyon o‘z faoliyatini olib borayotgan “Nasaf” futbol maktabining yana bir guruhi futbol dargohidagi o‘qishlarini yakunlashdi.
Zafar Ochilov murabbiyligidagi 2007 yilda tug‘ilgan bo‘lajak futbol ustalari “Nasaf” futbol maktabi bilan xayrlashishdi. Bitiruvchilar futbol maktabi bilan xayrlashganlariga qaramay o‘z faoliyatlarini klub qoshidagi boshqa jamoalarda davom ettirishadi.
Bitiruv oqshomida yoshlarga klub afsonasi Botir Qoraev, jamoa katta murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov, klub sport direktori Sergey Kucherenko va mohir himoyachi G‘olib G‘aybullaevlar keyingi faoliyatlarida omad tilashdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu dargohdan hozirgacha Azizjon G‘aniev, Odiljon Hamrobekov, Islom Kenjaboev, Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullaev, Umidjon Ergashev, Akmal Mozgovoy, Bobir Abdixoliqov, Oybek Bozorov, Sherzod Nasrullaev, Alibek Davronov, Dilshod Saitov, Sharof Muhitdinov va Zafarmurod Abdirahmatovlar kabi katta futbolda o‘z o‘rnini topgan futbolchilar etishib chiqqan.
Fikrlar