"Nasonal" - "Avesh" 0:0 (video)

  • 06.04.2019 23:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugun Portugaliya Primeyra-ligasida 28-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib boradigan "Nasonal" klubi bu tur o‘z maydonida "Avesh"ni qabul qildi va 0:0 hisobia durang o‘ynadi. Rashidov bugun zaxirada qoldi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Shu tariqa "Nasonal"ning g‘alabasiz seriyasi 4 ta o‘yinga etdi. Jamoa so‘nggi bor 2 mart sanasida "Tondela"ni mag‘lub etgan edi va shundan so‘ng qatorasiga 3 bahsda mag‘lub bo‘ldi.

Bugungi natijadan so‘ng "Nasonal" hisobidagi ochkolar soni 27 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!