
“Navbahor” doimgidek etakchi. “Dinamo” boshqalarga o‘rnak, poytaxt klublari esa…
2-4 mart kunlari Superliganing 1-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.
Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.
Bu gal stadionlarimizga jami 43393 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 6199ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Namanganda. “Navbahor” – “Nasaf” bahsini 19720 odam shohidiga aylandi. Markaziy bellashuvga bo‘lgan qiziqish yuqoriligidan chiptalar narxi ham ancha qimmat qilindi. Ammo stadionga kelgan aksariyat muxlislarning o‘yindan ko‘ngli to‘lmadi.
Eng kam ishqiboz Olmaliqda. "Qizilqum" klubining stadioni tayyor emasligi uchun o‘yin OKMK sport majmuasida o‘tkazildi. Navoiyliklar “Lokomotiv”ni 2:0 hisobida enggan uchrashuvni 375 ishqiboz shohidi bo‘ldi.
Superligaga qaytgan “Dinamo” muxlislarni ham stadionga chorlashga erishdi. Samarqandliklar ilk turda “Paxtakor” bilan kuch sinashgan bahsni 10895 muxlis arenadan kuzatdi.
Farg‘ona va Toshkent viloyati derbisida esa deyarli bir ko‘rsatkich. "Neftchi" - "Qo‘qon-1912" o‘yiniga 5250, “Metallurg” Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKni taslim etgan uchrashuvga 5200 muxlis keldi.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):
“Navbahor” - “Nasaf” 0:0. 19720 tomoshabin (“Markaziy” stadioni)
“Dinamo” - “Paxtakor” 0:2. 10895 tomoshabin (“Dinamo” stadioni)
“Neftchi” - “Qo‘qon-1912” 1:0. 5250 tomoshabin (“O‘zbekiston” stadioni)
“Metallurg” - AGMK 1:0. 5200 tomoshabin. (“Metallurg” stadioni)
“Bunyodkor” - “So‘g‘diyona” 0:0. 1001 tomoshabin (“Lokomotiv” stadioni)
“Olimpik” - “Surxon” 0:0. 952 tomoshabin (“Paxtakor” stadioni)
“Qizilqum” - “Lokomotiv” 2:0. 375 tomoshabin (OKMK sport majmuasi)
Fikrlar