"Navbahor" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Namanganning "Navbahor" klubi Benjamin Teydi va Shohmalik Komilov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqida klubning matbuot xizmati ma’lum qildi.
Komilov o‘tgan mavsum 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma orqali jamoasiga yordam berdi.
Benjamin esa yakunlangan mavsumda 27 ta bahsda ishtirok etib, 2185 daqiqa harakat qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar