"Navbahor" katta o‘zgarishlar yoqasidami? Jamoani ko‘plab etakchilar tark etishi mumkin
So‘nggi kunlarda "Navbahor" klubi vitse-prezident vazifasini bajarib kelayotgan Otabek Samatovning iste’fosi borasida mish-mishlar urchib ketganidan xabaringiz bor. Aynan shu masala borasida eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishing.
23-turda "Nasaf" bilan bo‘lgan o‘yindan so‘ng jamoa rahbariyati bu mavsumni ham sovrinsiz yakunlashi deyarli aniq bo‘lib qoldi. Shu sababli, klub rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan Otabek Samatov viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovga o‘z postini topshirmoqchi ekanligini ma’lum qiladi. Viloyat hokimi esa bu iste’foni qabul qilishini ma’lum qiladi. Natijada, Otabek Samatov o‘z istagi bilan postni topshirgancha, "Navbahor" boshqaruv sferasidan chiqib ketdi.
Ayni damda, bu ma’lumotlar klub tomonidan tasdiqlangani yo‘q. Katta ehtimol bilan hali-beri tasdiqlanmasligi ham mumkin. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Otabek Samatov o‘z postidagi ishini davom ettirishi ham mumkin. Barchasi so‘nggi qabul qilinadigan qarorga bog‘liq. Ketma-ket sovrinsiz mavsumlardan so‘ng "Navbahor" vitse-prezidentining o‘z xohishi bilan postni topshirishga qaror qilgan. Vaholanki, hech qanday qistov yoki bosim bo‘lmagan. Hozir voqealar rivojining uch xil versiyasi mavjud:
1. "Navbahor" klubi mavsum tugashi bilan deyarli 95 foiz futbolchilariga javob berib yuboradi va bor e’tiborini mahalliy yoshlarga qaratadi. Yoshroq mutaxassis va yangicha yondashuv evaziga bor e’tibor mahalliy bo‘lajak futbolchilarga qaratiladi.
2. Samvel Babayan o‘z ish o‘rnida qoladi, ammo katta e’tiborini jamoa yoshlarini asosiy tarkibga jalb etish bilan shug‘ullanadi. Katta maosh olayotgan ijrochilarning boshqa klublarga yo‘l olishiga ruxsat beriladi. "Navbahor" hozirgi poydevorini saqlab qolgan holda harakat vektorini yoshlar tomon o‘zgartiradi.
3. Otabek Samatov o‘z postidagi ishni davom ettiradi. Jamoa mavsumning qolgan qismini yuqori kayfiyatda davom ettiradi va bor e’tiborini OChLda uzoqroqqa borishga qaratadi. Kelasi mavsumda esa "Paxtakor"ning bir yo‘la uch futbolchisi jamoaga jalb etilib, chempionlik uchun navbatdagi urinish amalga oshiriladi.
P.S. Hozirgi holatda 3 ta variant ham "Navbahor" uchun uch xil ta’sir ko‘rsatadi. Ularni qay biri tanlansa ham jamoaning rivojlanishi birlamchi vazifa sifatida qo‘yilishi lozim. So‘nggi so‘z Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqovda qolmoqda.
Sizningcha, qaysi variant "lochinlar" uchun foydali bo‘ladi?
Fikrlar
М.Гофуров,Б.Тошмирзаев А.Ортиков
Ш.Убайдуллаеф ва хоказо ку́пчилик Навбахорчиларга кайтариш ва ёнларига ёшларни ку́шиб харакат килиш керак
С.Аскаралиев директорлик килаётган футбол мактабини 3 тоифадаги группаси мамлакат чемпиони бу́лди ,мана иктидорлар каерда Якин келажакда шу болалар Навбахорни хам Чемпионликка олиб келса ажаб эмас