"Navbahor" legioneri jamoa bilan xayrlashdi. Uning keyingi manzili esa...

  • 26.11.2024 15:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

"Navbahor" klubi hujumchisi Toma Tabatadze jamoa bilan xayrlashdi. 

"Siz bilan o‘ynash sharaf edi. Birgalikda ko‘plab yorqin daqiqalarni, g‘alabalarni va bizni kuchliroq qilgan qiyinchiliklarni boshdan kechirdik.

Ajoyib daqiqalar, qo‘llab-quvvatlaganingiz, do‘stligingiz va jamoamizni doimo birlashtirgan jangovar ruhingiz uchun rahmat. Men chin dildan ishonamanki, har biringizni oldinda - maydonda ham, maydon tashqarisida ham ulkan yutuqlar kutib turibdi.

Kelajakda muvaffaqiyatlar tilayman va yo‘llarimiz yana kesishadi degan umiddaman! Rebyata", - deya yozdi gruziyalik hujumchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Toma 20 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. U katta ehtimol bilan "Neftchi"ga qaytadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Кутбиддинхон
26/11/2024 15:52
Бунданда кучли хужумчи келади урнига