"Navbahor" O‘zbekistonning "Barselona"si bo‘lsa, uning "Messi"si kim?

  • 9 mart, 2021, 07:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, bugun O‘zbekiston chempionatiga start beriladi. Superliga jamoalari o‘tgan vaqt davomida qizg‘in tayyorgarlik ko‘rdilar. Demak, futbolchilarga qarata shunday deymiz: "repetitsiya tugadi, hamma katta sahnaga!"

Bugundan "Mavsum-2021" boshlanadi. Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi.

Yaqinda “Navbahor”ning yangi mavsum uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir juda chiroyli, ko‘tarinki ruhda tashkil etilganiga guvoh bo‘ldik. Namanganliklar azaldan tashkiliy ishlar bo‘yicha faollik ko‘rsatib kelishgan. Ushbu an’ana klubda saqlanib qolinganligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Viloyat hokimining jamoaga qaratayotgan e’tibori mahalliy muxlislarni quvontiryapti. Umuman aytganda, “Navbahor” va uning ishqibozlari yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutdi. Maqsad esa jiddiy. Lekin shu o‘rinda bir narsani ham aytib o‘tishimiz kerakki, “Navbahor” har yili o‘z oldiga sovrinli o‘rinlar uchun kurashish vazifasini qo‘yadi va bu safargisi ham bundan mustasno bo‘lmadi. Faqat chempionat yakunida klubni o‘sha aytilgan joyda topa olmasdik.

Xo‘sh, bu safargi yurish qanday bo‘larkin? O‘sha tanishtiruv marosimida viloyat hokimi barchaga baralla 2021 yilda “Navbahor” chempionlik uchun kurashishini aytdi. Bu albatta muxlislarga yoqadi. Shundan keyin jamoa bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov ham so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirar ekan, balki to‘lqinlanib ketdimi, bilmadik, ammo bir gap aytdiki, ochig‘i kutmagandik. Ya’ni, “real”chilar xafa bo‘lmasin, bu yil “Navbahor” “Barselona” bo‘ladi, dedi. Uning ushbu so‘zlari e’tiborimizni o‘ziga tortdi. Aslida ushbu gaplarni aytish kerakmidi yoki kerak emasmidi, buni muhokama qilmoqchi emasmiz, chunki nima deyishni murabbiyning o‘zi biladi. Axir bu yil tarkibni o‘zi yig‘di, hech kim aralashmadi, natijaga javobgar u. Biz faqat Hasanovning bildirgan o‘sha gapining mazmun mohiyatiga e’tibor qaratmoqchimiz.

xasanov1

“Navbahor” “Barselona” bo‘la oladimi? Dastlab shu savolga javob berish kerak. Balki bu gap bilan murabbiy futbolchilarini ruhlantirishni istagandir yoki chindan ham uning jamoasi shu darajada tengsiz holatga kelib qolgandir. Buni hozircha bilmaymiz. Ammo namanganliklar “Barselona” bo‘lishi uchun 100 foiz tayyormi? Eng qizig‘i, Ispaniyaning “Barselona”sini Messisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Agar Messi bo‘lmasa, “Barsa” qanday ahvolga tushib qolganini bir necha bor ko‘rganmiz-ku. Argentinalik yulduzni sizlarga ortiqcha ta’riflashning keragi yo‘q, nimalarga qodirligini. Faqat No‘’mon Hasanov “Navbahor”ni O‘zbekiston “Barselona”si bo‘ladi, deb aytgan bo‘lsa, uning “Messi”si kim, degan haqli savol tug‘iladi. Axir hozir aytganimizdek, “Barsa” va Messi bir-biriga chambarchas bog‘liq. Chunki jamoa o‘yini uning atrofida qurilgan. Shuning uchun “Navbahor”ning ham o‘z “Messi”si bormikin?

Hasanov yig‘gan tarkibga nazar tashlab, o‘sha “Messi” kim ekanini qidirib ko‘rmoqchi bo‘ldik. Balki Aziz Turg‘unboev ketmaganida u bu borada munosib nomzod sifatida aytilishi mumkin bo‘lardi. To‘g‘ri, “Navbahor”ning bu yilgi tarkibi chakki emas. Yaxshi saviyadagi o‘yinchilar bor. Bosh murabbiy ularga ishonyapti va nimanidir bilgani uchun yuqoridagi gapni qo‘rqmasdan aytgan bo‘lsa kerak. Lekin bu o‘ta jiddiy yondashuv. Agar “Navbahor” chempionat davomida qoqiladigan bo‘lsa, bu murabbiy uchun og‘ir zarba bo‘ladi. Endi taqdimotda aytilgan o‘sha gapi uchun ham klubga nisbatan e’tibor ham, bosim ham yanada kuchayadi. Shunchaki, bizni qiziqtirgani “Navbahor”ning “Messi”si kim bo‘larkin? Buni albatta mavsum davomida bilib olarmiz. Yoki kimdir kashfiyotga aylanar, bunisi hozircha mavhum.

navbahor2222

Yana bir gap: “Navbahor”ga natija va ayniqsa, sovrinli o‘rin juda zarur. Ammo chempionatni barqaror o‘tkazish ham oson emas. Shunday ekan, No‘’mon Hasanov qanday jiddiy ishga kirishganini o‘zi yaxshi tushunib turgan bo‘lsa kerak. Demoqchimizki, o‘tgan yilgi omadsizlik takrorlanishiga bu safar hech kim yo‘l qo‘ymaydi. Agar yana shunday holat yuz bersa, shubhasiz, bosh murabbiyga chiqish eshiklari ko‘rsatilsa, ajab emas. Chunki “Navbahor” azaliy orzusi bo‘lgan chempionlik uchun kurashishi aytildi, bunga murabbiy javobgar bo‘lgani bois, endi faqat undan natija talab qilinadi. Bu o‘z maydonidagi hamma o‘yinni yutishi shart va safarda ham maksimal ochko yig‘ishi kerakligini anglatadi. Hasanovning o‘sha “Navbahor” “Barselona” bo‘ladi, deganidan kelib chiqsak, u nimagadir ishonyapti. Shuning uchun jamoa o‘yinini kuzatish bizga ham qiziq tuyulyapti, rostdan ham “Barsa” uslubida o‘ynarmikin?! Agar shunday bo‘lsa, bosh murabbiyga savolim bor: o‘sha gap: “Navbahor”ning “Messi”si kim?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
09/03/2021 07:49
Мурабийнинг Фудболчининг чимпионлика умид билан айтган хар бир гапини гийбат килиб титклавйрсанглар ковласанг фудболга клубларга ишонч коладими Санга ухшаганларнинг дастидан Фудбол уйнашни билмасанг жим утир Маколангни тугри ёз Аёлга ухшамай бидатчи
Ahror Nodir
09/03/2021 08:47
Навбахор доим трентда. Олга лочинлар. Узбекистонда тенги йук 2 жамоа бор. Навбахор. Насаф. Тенги йук мухлислари бор.
&
Lochinlarga baland parvoz ....
09/03/2021 13:33
Бугун мухлислари дунеда Тенгги йук..Навбахор жамоасига омад ва факат галаба ер булсин..биз факат галаба кутамиз "Навбахор"-"Сугдиена" 3-0
Otabek Yusupov
09/03/2021 12:47
Ўта бир мужмал бачкана мақола бўлибди.
Яшин. Ш.И
09/03/2021 11:23
Генерал бўлишни орзу қилмаган солдат солдат эмас.
Чемпионликни орзу қилмаган мураббий мураббийми.
Яхши ният ярим давлат, чуқулаб титкилаб, ковлаб, ҳидлаб кўриш керак эмас.
Тушунгандирсиз ўқимаган "хум калла" журналист.