"Navbahor" yana bir darvozabonni oʻz safiga qoʻshib oldi

  • 22.01.2026 17:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Valijon Rahimov – “Navbahor” futbolchisiga aylandi. Buni "lochinlar" matbuoti tasdiqladi.

"Tajriba­li darvozabon Valijon Rahimov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.  Valijon Rahimov – 1995 yil, 16 fevralda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan. 

Faoliyati davomida “Xorazm” (Urganch, 2012 – 2014 yilning 1-davrasi), “Paxtakor” (Toshkent, 2014-2017 yilning 1-davrasi), “Lokomotiv-BFK” (Toshkent, 2017 yilning 2-davrasi), Turkiyaning “Sultan Orharspor” (2018 yil), “1920 Maras spor” (2018 yil), “Kayirova spor” (2019 yil), shuningdek, OKMK (Olmaliq, 2020-2024 yillar), “Andijon” (Andijon, 2025 yilning 1-davrasi), "Bunyodkor" (Toshkent, 2025 yilning 2-davrasi) jamoalarida o‘ynagan. 

Valijon Rahimov 2021 yildan buyon O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. Valijon Rahimovning yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida yorqin seyvlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlari­ga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!