"Navbahor" yarim himoyachisi gol urish bo‘yicha etakchi
"Navbahor" klubining joriy mavsumdagi statistik raqamlari bir xil: 10 ta g‘alaba, 10 durang va 10 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 41\37 va 40 ochko bilan 7-o‘rinda yakunladi.
Klub matbuot xizmati esa jamoaning statistik ko‘rsatkichlarini bilan tanishtirib boryapti.
Ma’lumki, g‘alaba qozonishda gollar hamda assistlarning o‘rni beqiyos. Xo‘sh, “Navbahor”ning yakunlangan mavsumdagi gollariga kimlar mualliflik hamda assistentlik qilishdi?
Xabaringiz bor, namanganliklar "Superliga-2025"da raqiblar darvozasiga 41 ta gol urishdi. Mazkur gollarga 11 nafar futbolchi mualliflik, 11 nafari esa hammualliflik qilishdi.
Shuningdek, 7 nafar jamoa a’zolari ham darvozalarga to‘p kiritib, ham gollarga assistentlik qilishganini ham aytish lozim.
Gollardan 5 tasi penaltidan, ayrimlari esa jarima zarbalari, shuningdek, raqib futbolchilari yoki darvozabonlari, ba’zi holatlarda esa darvoza ustuni yoki to‘sinidan qaytgan to‘plardan so‘ng, urilganini ham ta’kidlash joiz.
"Mavsum-2025"da “Navbahor”ning gollariga mualliflik va assistentlik qilgan futbolchilarning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha ko‘rinishga ega:
1.Abbosjon G‘ulomov – 10 ta gol, 3 ta assist
2.Ruslanbek Jiyanov – 8 ta gol, 4 ta assist
3.Zabihillo O‘rinboev – 7 ta gol, 3 ta assist
4.Alisher Odilov – 2 ta gol, 8 ta assist
5.Pedro Augusto – 6 ta gol, 1 ta assist
6.Shohmalik Komilov – 1 ta gol, 4 ta assist
7.Saidazamat Mirsaidov – 1 ta gol, 2 ta assist
8.Igor Gabriel, Gilyerme Gedesh - 2 tadan gol;
9.Azimjon Ahmedov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov – 1 tadan gol;
10.Mirzohid G‘ofurov, Sergey Karpovich, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Muhammadali G‘iyosov – 1 tadan assist.



Fikrlar