"Navbahor"ni ikki futbolchi tark etdi
"Navbahor" jamoasining ikki nafar futbolchisi klub bilan xayrlashdi. Bu haqda Navro‘z Iminjanov va Asadbek Jo‘raboyev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali ma’lum qildi.
Ikki futbolchi ham o‘z sahifalarida "Hammasi uchun rahmat" deb yozib qoldirgan.
Ma’lumot uchun, Superliganing yakunlangan mavsumida Iminjanov 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jo‘raboyev esa 9 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar