"Navbahor"ni ikki nafar futbolchi tark etdi
"Navbahor" jamoasini ikki nafar futbolchi tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Azim Ahmedov hamda Mirzohid G‘ofurov endi faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Ahmedov Superliganing yakunlangan mavsumida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan. G‘ofurov esa 15 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, "lochinlar" ayni paytda Temur Kapadze boshchiligida O‘FAning Milliy futbol markazida mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Fikrlar