
"Navbahor"siz o‘tgan turda qaysi jamoa muxlislari etakchiga aylandi?
22 - 24 may kunlari Superliganing 10-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.
Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.
Bu gal stadionlarimizga jami 25272 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 4212ni tashkil qiladi. Bitta o‘yin qoldirilgani bois 10-turda 6 ta o‘yin o‘tkazildi. "Olimpik"ning "Navbahor"ga qarshi bellashuvi Olimpiya terma jamoasining yig‘ini sabab boshqa sanaga ko‘chirilgan.
Eng ko‘p muxlis Toshkentda. Ha, to‘g‘ri ko‘rdingiz, poytaxtda! Sababi “Nasaf” bu tur “Bunyodkor” bilan Toshkentda kuch sinashdi. Qarshiliklarning ko‘ng mingsonli muxlislari stadionga tashrif buyurdi. Bir qarashda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari mezbondek taassurot qoldirdi. "Bunyodkor" - "Nasaf" bahsini 11000 odam shohidiga aylandi. Bahonada "Bunyodkor" o‘yingohi joriy mavsumdagi o‘zining eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etdi, hozircha.
Turning markaziy o‘yinlaridan biri "Lokomotiv" - "Paxtakor" bellashuvini 2786 ishqiboz tomosha qildi. Toshkent derbisiga shuncha muxlis kirgani ham kishini xursand qiladi. Oxirgi paytlarda Toshkentda futbolga bo‘lgan munosabatning yo‘qolib borayotgani uchun bunday natijaga quvonadigan bo‘lib qoldik.
Eng kam ishqiboz Farg‘onada. "Neftchi" klubi o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan stadion bilan bog‘liq masalalar tufayli Yaypanda o‘yinini o‘tkazdi. Farg‘onaliklarning ushbu mavsumdagi eng yirik g‘alabasini 537 ishqiboz stadiondan kuzatdi.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):
"Bunyodkor" - "Nasaf" 1:4. 11000 tomoshabin
"Dinamo" - AGMK 1:2. 5432 tomoshabin
"Qiziliqum" - "Surxon" 2:0. 3266 tomoshabin
"Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:2. 2786 tomoshabin
"So‘g‘diyona" - "Qo‘qon-1912" 3:0. 2251 tomoshabin
"Neftchi" - "Metallurg" 3:0. 537 tomoshabin
Fikrlar