
Nazorat uchrashuvi. AGMK "Surxon"dan ustun keldi
Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan bahsda olmaliqliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa AGMK ikkinchi nazorat bellashuvida ham g‘alaba qozondi va tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini yakunladi. Tayyorgarlik doirasidagi uchinchi bosqich yig‘inini AGMK Birlashgan Arab Amirliklarida olib boradi.
Nazorat uchrashuvi
AGMK — "Surxon" 3:1
Qibray stadioni.
Hakam: Viktor Serazitdinov.
Gollar: Sanjar Tursunov (17 assist: Abdulov), Saydullo Rahmatov (27), Arslonmirat Amanov (53 assist: Nurmatov) - Husniddin G‘ofurov (3)
AGMK (birinchi bo‘lim) — Roman Abdulov (Suhrob Sultonov, 30 - Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Murod Toshmatov - Sanjar Tursunov, Mate Vatsadze, Elguja Grigalashvili.
Ikkinchi taymda maydonga tushgan tarkib — Suhrob Sultonov (Valijon Raximov, 60) - Mirg‘iyoz Sulaymonov, Dilshod Jo‘raev, Bobur Yo‘ldoshev, Sheroz Jalolov - Erkin Baydullaev, Jasur Umarov, Xojimat Erkinov - Arslonmirat Amanov, Shahzod Nurmatov, Farhod Imamov.
"Surxon": Asilbek Amonov - Abduqaxxor Xojiakbarov, Raxmatullo Berdimurodov - Sherzod Karimov. Muxammadali Nomozov, Xusniddin G‘ofurov ("Paxtakor"), A’zamjon Aliev, Jaxongir Mexmonov, Javoxir Esonqulov, Asror G‘ofurov - Aleksandr Kasyan.
Fikrlar