"Neftchi" ertaga Vengriya klubiga qarshi saf tortadi

"Neftchi" jamoasi ertaga Antaliyadagi navbatdagi nazorat-o‘rtoqlik uchrashuvida Vengriyaning "Debretsen" klubiga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati tomonidan mazkur uchrashuv Youtube va Instagram platformasidagi sahifalaridan jonli tarzda uzatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!