"Neftchi" Jaloliddin Masharipov uchun kurashadi!
Muhammadqodir Ruzmatov
Masharipov faoliyatini Superliga klubida davom ettirishi mumkin.
Superligining yakunlangan mavsumida chempionlikni qo‘lga kiritgan "Neftchi" o‘z tarkibini kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan. Yangi murabbiy Islom Ismoilov boshchiligida jamoa Elit Osiyo Chempionlar ligasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sports.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning xabar berishicha, farg‘onaliklarning asosiy transfer nishoni — O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov bo‘lib turibdi. Shuningdek, unga liganing boshqa klublaridan ham qiziqish mavjud.
Ma’lumot uchun, Masharipov ayni paytda o‘z jarohatini tuzatish bilan band. Uning "Istiqlol" bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Izohlar (0)