
“Neftchi” “Navbahor”ni ortda qoldirishda davom etmoqda...
27 - 30 sentyabr kunlari Superligada 20-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.
Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi.
Bosh murabbiy va etakchilarsiz qolgan “Olimpik” o‘z uyida “Nasaf”ga yutqazdi. “Navbahor” vodiy derbisida 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Anchagina shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan “Andijon” Bekobodda imkoniyatni boy berdi. Chempionlik uchun kurashayotgan “Neftchi”, ligada qolishga urinayotgan “Buxoro”ni yirik hisobida taslim etdi.
“Neftchi” bu tur “Navbahor”ni ortda qoldirdi
Oxirgi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmayotgan “Paxtakor” OKMK bilan durang o‘ynadi. “Bunyodkor” Toshkentda “Surxon”dan engildi. Uyg‘onayotgan “Qizilqum” Navoiyda “So‘g‘diyona”ni ochkosiz qoldirdi.
Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.
20-turda stadionlarimizga jami 32460 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 4637ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Farg‘onada. “Neftchi” - “Buxoro” o‘rtasidagi o‘yinni 12452 tomoshabin arenadan kuzatdi. Bu uchrashuvning ahamiyati ancha yuqori edi. Chunki “Paxtakor”ning ochko yo‘qotishidan so‘ng Vitaliy Levchenko jaomasida umid uchqunlari paydo bo‘ldi. “Buxoro” esa ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. Shu bois stadionga ko‘plab muxlislar tashrif buyurdi.
“Neftchi” “Navbahor”dan oldinda…
“Neftchi” yana “Navbahor”dan oldinda…
Oxirgi paytlarda “Neftchi” uy uchrashuvlaridagi muxlislar tashrifi bo‘yicha “Navbahor”ni ortda qoldirmoqda. “Lochinlar”ning Namangandagi o‘yiniga 7057 ishqiboz keldi.
“Paxtakor” - OKMK o‘rtasidagi turning markaziy uchrashuviga 5377 ishqiboz tashrif buyurdi. Biroz toliqqan “sherlar” olmaliqliklar bilan qanday natija qayd etishi ko‘pchilikka qiziq edi…
Eng kam tomoshabin Olmaliqda. Bekoboddagi stadion ta’mirlanayotganligi uchun Olmaliqda o‘yin o‘tkazgan “Metallarg”ning “Andijon”ga qarshi bahsiga 762 muxlis tashrif buyurdi.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):
“Neftchi” - “Buxoro” 3:0. 12452 tomoshabin
“Navbahor” - “Turon” 5:0. 7057 tomoshabin
“Paxtakor” - OKMK 2:2. 5377 tomoshabin
“Qizilqum” - “So‘g‘diyona” 4:2. 4315 tomoshabin
“Olimpik” - “Nasaf” 1:3. 1641 tomoshabin
“Bunyodkor” - “Surxon” 0:1. 856 tomoshabin
“Metallurg” - “Andijon” 2:0. 762 tomoshabin
Fikrlar