
"Neftchi" o‘rtoqlik uchrashuvida qozoq klubini engdi
"Neftchi" ikkinchi bosqichning navbatdagi uchrashuvini Qozog‘istonning "Jetisu" klubi bilan o‘tkazdi. Bellashuvda raqiblar favqulodda to‘p kiritib, hisobni ochgan bo‘lsalar ham "Neftchi" futbolchilari uyushqoqlik va shiddatni kamaytirmadilar.
Birinchi bo‘lim tugagach, jamoamiz murabbiylar shtabi klubning hujumkorligini kuchaytirish maqsadida bir qator o‘yinchilarni maydonga tushirdi. Shundan so‘ng o‘yin jonlandi. Bunda jamoamizga Rossiyadan kelib qo‘shilgan Xusayn Norchaevning hissasi katta bo‘ldi. Uning 51 va 58-daqiqalarda boshi bilan kiritgan chiroyli gollari o‘yin taqdirini hal qildi desa ham bo‘laveradi. Bahs oxirida raqib jamoa himoyachisining qo‘pol xatosi tufayli hisob 3:1 ko‘rinishiga keldi va shu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi.
“Neftchi” tarkibi: Akbar To‘raev, Boyan Tsiger, Anvar G‘ofurov, Muhsin Ubaydullaev, Abbos G‘ulomov, Mirzohid G‘ofurov, Keterin Karp, Javohir Qahramonov, Jasur Jaloliddinov, Shohruz Norxonov, Xusayn Norchaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bilolxon Toshmirzaev, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Sanjar Qodirqulov, Xurshid Muxtorov, Jaloliddin Jumaboev.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar