Nega terma jamoa bosh murabbiyi 2 ta joyda ishlaydi va qachon terma jamoamiz Toshkentda kuchli termalarga qarshi o‘yin o‘tkazadi?

  • 21 aprel, 2020, 22:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA Media bo‘limi “Savol yo‘llang!” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu loyiha doirasida tashkilot birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov muxlislar yo‘llagan savollarning eng saralariga javob berdi.

Tecno

– Terma jamoamiz qachon kuchliroq raqiblar bilan Toshkentda o‘ynaydi? (boburbekmuxiddinov)

– O‘zbekiston milliy terma jamoasi hozirda Jahon chempionati saralash turnirida qatnashmoqda. Tayyorgarlik esa bosh murabbiyning rejasidan kelib chiqib olib boriladi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov rasmiy o‘yindagi bo‘lajak raqibdan kelib chiqib, biz uchun foydali bo‘lishi kutilayotgan raqibni tanlaydi va bizga murojaat qiladi. O‘z navbatida O‘FA rahbariyati va xalqaro aloqalar bo‘limi uning tanlagan jamoasi bilan muzokalar o‘tkazamiz.

– Nega milliy terma jamoa bosh murabbiyi bir vaqtning o‘zida ikkita jamoada ishlaydi? (manunited_1)

– “Bunyodkor” klubi o‘zbek futbolida bugungi kunda juda katta o‘rin tutadi. Bilasiz, turli yoshdagi terma jamoalarimizga “Bunyodkor” akademiyasi ko‘plab iste’dodli futbolchilarni tarbiyalab berdi. Vadim Abramov assotsiatsiya bilan shartnoma tuzayotgan paytda bu masalani ko‘targandik. Murabbiy qiyin vaziyatda klubni tashlab ketmasligi, terma jamoadagi ishini prioritet masala deb bilishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammad Rahmatillaev
21/04/2020 22:59
Темур Кападзе тўғри вариянт Абрамовни даври ўтган Австралиядан шармандаларча қолганмиз Абрамов бошчилигида кучли термаларни ютишни билмайди жаноб Абрамов.
&
Нодирбек жовлиев
21/04/2020 22:21
Унда миллий термани топшириб бунёдкорда ишлайверсин иккита қайиққа осилган чӯкади деган мақол бор биттасини епласин термага мураббий қурип кетмагандир барибир жч га чиқолмаслигимиз кундай равшан бӯлиб бораяпти темур капдзиям еплайди осиёда 10таликда юришни
&
ахмад49
22/04/2020 16:45
Яна чукалаш бошландими,туртта жойда ишласа хам термани мундиалга чикариб берса булдими.
Dastan Uteuliev
22/04/2020 00:31
Пулга туймайдида, шунга 2 ерда ишлайди
Muhammad Rahmatillaev
21/04/2020 23:11
Футболимиз тепасида рахбар бўлиб ўтирганлар ё Бунёдкорни мухлиси ёки футболни яхши тушунмайди.